Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Zenit" futbolchisi ingliz klubiga o‘tdi

"Zenit" futbolchisi ingliz klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

"Zenit" hujumchi Vilson Izidorning to‘liq transferini e’lon qildi. Angliyaning "Sanderlend" klubi Piter klubi bilan 24 yoshli fransuz futbolchisiga bo‘lgan huquqlarni sotib olishga kelishib oldi.

Ma’lumki, "Sanderlend" Izidorni "Zenit"dan ijaraga olgandi. O‘shandan beri hujumchi "qora mushuklar" safida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urgan. "Sanderlend" hozirda Chempionship turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shuni qo‘shimcha qilamizki, hozirda "Zenit" qishki mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Piterliklar Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 18:03, 01.02.2025.
O'qildi: 1279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик