Niderlandiya chempionatining 21-turi o‘tkazildi, Amsterdamning “Ayaks” klubi o‘z maydonida Rotterdamning “Feyenoord” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
G‘alaba golini ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada Kennet Teylor kiritdi. "Ayaks"ning dramatik g‘alabasi klub tarixida qo‘shib berilgan vaqtda kiritilgan gol evaziga qo‘lga kiritilgan ikkinchi g‘alaba bo‘ldi.
Bu birinchi marta 2005 yil 17 aprelida sodir bo‘lgandi.













