Yarim himoyachi Jeyms Uord-Prouz Londonning “Vest Xem” klubiga ijaradan erta qaytdi. Bu haqda "bolg‘achilar"ning rasmiy sayti xabar berdi.
Joriy mavsumning birinchi yarmida 30 yoshli angliyalik yarim himoyachi “Nottingem Forest” safida o‘tkazdi. Uord-Prouz "o‘rmonchilar" safida Premyer-ligada o‘nta o‘yin o‘tkazdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliya chempionatining joriy mavsumida “Vest Xem” 23 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ochko jamg‘argan. London jamoasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.













