Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Man Siti" "Portu" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatdi

"Man Siti" "Portu" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatdi

Baho:
+ | -

"Portu" "Manchester Siti" Niko Gonsalesning tovon pulini to‘lashni talab qilmoqda.

Avvalroq, Portugaliya klubi "shaharliklar"ning yarim himoyachini 50 million yevro evaziga transfer qilish taklifini rad etgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Siti" bugun ertalab yana portugaliyaliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatib, kelishuvga erishishga harakat qildi.

Shartnomaning shaxsiy shartlari bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Biroq, "Portu" futbolchi uchun 60 million yevro tovon puli talab qilishda davom etmoqda.

"Portu" yarim himoyachini 2023 yilning yozida 8,4 million yevro evaziga sotib olgandi. "Barselona" Nikoni qayta sotishdan tushgan foydaning 40 foizini olish huquqiga ega.

Kiritildi: 16:53, 03.02.2025.
O'qildi: 1281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик