Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Belotti: "Benfika"ga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman"

Belotti: "Benfika"ga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman"

Baho:
+ | -

"Benfika"ga ijara asosida o‘tgan "Komo"ning italiyalik hujumchisi Andrea Belotti Portugaliya klubi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umid qilamanki, mavsumni yaxshi yakunlayman. Oldinda ko‘plab o‘yinlar, ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritilishi kerak. Umid qilamanki, men uchun abadiy esda qoladigan ajoyib yil bo‘ladi.

"Benfika" ko‘p hujum qiladigan jamoa va bu menga gol urish uchun yaxshiroq pozisiyaga kirishimga yordam berishi mumkin.

"Benfika" hamma narsada g‘alaba qozonishni istaydigan klub.

Demak, bu yerga kelish qarori men uchun eng yaxshisi bo‘ldi. Terma jamoa va katta klublar bilan ishlash tajribam bor va bu o‘sishimga yordam berdi.

Aytishim mumkinki, men "Benfika" kabi muhim klubga o‘z hissamni qo‘shishga tayyorman", - deya Belottining so‘zlarini keltiradi "Benfika" rasmiy sayti.

Kiritildi: 16:16, 04.02.2025.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик