Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atalanta" Avstriya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Atalanta" Avstriya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

"Bolonya" himoyachisi Stefan Posh "Atalanta"ga 2025 yilning 30 iyuniga qadar ijara asosida, sotib olish huquqi bilan qo‘shildi, deb xabar beradi bergamoliklar klubi rasmiy sayti.

27 yoshli avstriyalik futbolchi "Bolonya" safida uch mavsum o‘ynab, A Seriyada jami 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha Germaniyaning "Xoffenxaym" klubida to‘p tepgan.

Ayni damda "Atalanta" 23 o‘yindan so‘ng 47 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 10:30, 05.02.2025.
O'qildi: 544 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик