Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Arsenal" yozda yulduz hujumchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor

"Arsenal" yozda yulduz hujumchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yozda "Inter"ning yulduz hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "neradzurilar"ning 27 yoshli argentinalik hujumchisi "kanonirlar"ning navbatdagi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. "Arsenal" yangi hujumchini jiddiy maqsad qilgani ma’lum.

Qayd etilishicha, "neradzurilar" rahbariyati Lautaro Martinesga shunday yirik taklif tushsa, uni qo‘yib yuboradi, chunki ular klubning moliyaviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda rad eta olmaydi.

Joriy mavsumda Lautaro Martines klub safida barcha turnirlar doirasidagi 32 ta o‘yinda 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:31, 05.02.2025.
O'qildi: 1975 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик