Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 2-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Kapadze Katanesning murabbiylar shtabini saqlab qoladigan bo‘ldi

Kapadze Katanesning murabbiylar shtabini saqlab qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Temur Kapadzening «Gol» ko‘rsatuvidagi intervyusini ko‘rib, u nega Katanes shtabini olib qolgani men uchun tushunarli bo‘ldi.

«Chaqirilmagan futbolchilar haqida ulardan so‘radim» - dedi u, - «nega falonchi chaqirilmadi, mana bu futbolchining o‘ynamaganiga sabab nima, qiziqdim»

Albatta, to‘rt yilga yaqin terma jamoada ishlagan shtabda juda katta ma’lumotlar bazasi bor, qandaydir yo‘l bosib o‘tilgan. Ular Kapadzega hisobot shaklida nimadir taqdim etishiyam mumkin edi, ammo hozir vaqt shu darajada qisqaki, har bir masala yuzasidan Kapadzeda shaxsiy qarashi, xulosasi shakllanishi uchun yetmaydi. Demak, u ba’zi masalalarda shtabning fikrini olishi, hozircha, o‘sha xulosalar bilan ish yuritib turishi mantiqli. Endi rasmiy o‘yindan uch kungina oldin yig‘iladigan jamoa bilan Temur bo‘sh qog‘ozda ish boshlagandan ko‘ra, Katanesning qoralamalariga tayanishga majbur. Shtab esa tayyor jonli yordamchi, Kapadze istalgan daqiqada, istalgan savolini berishi, tayyor xulosalar bilan qandaydir qarorlarni qabul qilishi mumkin.

«Men hammasini o‘zgartirmayman. Futbolchilar ham ertaga kelib, umuman boshqa muhit, tizim, boshqa talablar ostiga kelib qolishi halaqit qiladi. Ko‘raman, nimani yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkin, nima o‘zi shundoq yaxshi, qoldirsak bo‘ladi, nimani o‘zgartirish kerak, ammo o‘yingacha vaqt yetmaydi, keyinga reja qilinadi, barchasini ko‘rib chiqamiz» - dedi Temur Kapadze.

Klub boshqacha ishlaydi, murabbiy o‘z shtabi bilan kelib, tayyor futbolchilarni mashg‘ulotlar orqali o‘rganib, o‘yinga tayyorlaydi. Dastlabki o‘yinlarda bosim bo‘lmaydi ham, vaqt beriladi.

Ammo hozirgi sharoitimizda Kapadzening o‘zi hamma savollarga javob topa olmaydi. Biror mashg‘ulotsiz tarkib yig‘ishi, ularni o‘yinga tayyorlashi shart. Tabiiyki, u ba’zi masalalarda to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, tayyor javoblardan foydalanib, shuning ustiga reja tuzadi. Javoblar esa Katanesning shtabida bor.

Shtabning qolishi Katanes uslubi davom etishini bildirmaydi. Kapadze o‘z uslubini qurishda ulardan foydalanadi xolos.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 22:28, 05.02.2025.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.