Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Anchelotti "Real"ga g‘alaba keltirgan yosh Garsiya haqida gapirdi

Anchelotti "Real"ga g‘alaba keltirgan yosh Garsiya haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi Ispaniya kubogi chorak finalida “Leganes”ni mag‘lub etdi (3:2).

Hal qiluvchi gol "Kastilya"dan 20 yoshli Gonsalo Garsiya tomonidan kiritildi. Yosh forvard 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda u tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi va "qaymoqranglilar"ni yarim finalga olib chiqdi.

“Garsiya “Kastilya”da ajoyib formada edi va u bugun o‘z hissasini qo‘shdi. Biz yosh futbolchilarimiz bilan faxrlanishimiz va ularga tayanishimiz kerak. Endrik va Arda Gyuler ham yaxshi edi", - dedi Anchelotti.

Gonsalo Garsiya Ispaniyaning uchinchi kuchli divizionida "Real Madrid" o‘rinbosarlari safida 21 uchrashuvda 19 ta gol urgan.

Kiritildi: 06:39, 06.02.2025.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик