Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Infantino Ronalduni 40 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi

Infantino Ronalduni 40 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

Janni Infantino Krishtianu Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. 5 fevral kuni "At-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi 40 yoshga to‘ldi.

“Aziz Krishtianu, tug‘ilgan kuningiz bilan! Dunyo ko‘rgan eng buyuk sportchilardan biri.

Futbolning haqiqiy elchisi, siz bizga juda ko‘p unutilmas lahzalarni taqdim etdingiz - gollar, sovrinlar, ishtiyoq, g‘alaba qozonish istagi, fidoyilik, sodiqlik va ikki karra FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi!

Siz millionlab odamlarni, shu jumladan meni ham hayratlanarli ijobiy munosabat va aql bovar qilmaydigan energiya bilan doimo eng yaxshisiga intilish va o‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘yishga ilhomlantirishda davom etasiz. O‘yinimizga qo‘shgan hissangiz uchun tashakkur, ushbu ajoyib kundan rohatlaning va kelgusi yilgi jahon chempionatida sizni ko‘rishga umid qilaman", - deb yozdi FIFA prezidenti.

Kiritildi: 07:13, 06.02.2025.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик