Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

«Navbahor», «Neftchi» va «So‘g‘diyona» klublariga qarzdorlikni bartaraf etish uchun bir hafta vaqt berildi

«Navbahor», «Neftchi» va «So‘g‘diyona» klublariga qarzdorlikni bartaraf etish uchun bir hafta vaqt berildi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Navbahor lochinlari”, «Neftchi», «So‘g‘diyona», “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klublarining murabbiylar, futbolchilar va xodimlar oldidagi qarzdorligini bartaraf etishi uchun muddat belgilandi.

O‘FA hamda O‘zPFL klublarning futbolchi, murabbiy va mutaxassislar oldidagi majburiyatlari, shartnomada belgilangan vazifalarni to‘liq bajarishga mas’ul ekanini eslatib o‘tadi. Afsuski ba’zi klublarda shartnoma shartlarini buzish, maoshlar to‘lovini kechiktirish bilan bog‘liq vaziyatlar uchrab turibdi. Bunday holatlarni bartaraf etish, FIFA tomonidan jiddiy choralar ko‘rilishining oldini olish maqsadida Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislarning murojaatlari asosida “Navbahor lochinlari”, «Neftchi», «So‘g‘diyona», “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klublarining ish haqi va boshqa to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi masalasi ko‘rib chiqildi.

“Navbahor lochinlari” futbol klubi murabbiylar, asosiy jamoa, futzal jamoasi va ayollar jamoasi futbolchilari oldida qarzdorligi mavjudligi aniqlandi. «Neftchi» futbol klubining asosiy jamoa va ayollar jamoasi a’zolari oldida, shuningdek, «So‘g‘diyona» futbol klubining ayollar jamoasi a’zolaridan hamda «Lokomotiv» futbol klubidan transfer shartnomasi bilan bog‘liq qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Birinchi liga musobaqasida qatnashuvchi “Jizzax Zvezda Bo‘ston” futbol klubi ham futbolchilariga bir necha oydan buyon ish haqi va boshqa to‘lovlarni to‘lamasdan kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan qayd etilgan qarzdorliklarni  joriy yilning 14 fevral kuniga qadar bartaraf etish yuzasidan muddat belgilandi. Mazkur qarzdorliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda tegishli futbol klubiga nisbatan jiddiyroq choralar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:48, 06.02.2025.
O'qildi: 1248 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.