Jon Duran "An-Nasr" safida ilk gollarini urdi.
"Aston Villa"dan 77+13 million yevro evaziga sotib olingan hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turida "Al-Fayha"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.
Bu o‘yin kolumbiyalik futbolchi uchun yangi jamoasidagi ikkinchisi bo‘ldi. 3 fevral kuni u Osiyo chempionlar ligasi doirasidagi "Al-Vasl"ga qarshi bahsda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi.













