"Barselona" hujumchisi Ansu Fatiga Turkiyaning ikki klubi "Beshiktosh" va "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda.
Ular 22 yoshli ispaniyalik forvardni Turkiyada transfer oynasi yopilishidan oldin (12 fevral) ijaraga olmoqchi.
Futbolchining o‘zi hamon "ko‘k-anorranglilar" safidan ketishni rejalashtirmayapti.













