Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Husanov bugun qanday o‘ynadi? (video)

Husanov bugun qanday o‘ynadi? (video)

Baho:
+2 | -

Pep Gvardiola raqibning darajasi va kelasi haftada muhim o‘yin borligi tufayli, ikkinchi tarkibni tushirdi. Jumladan, Xoland, de Bryuyne, Husanov, Silva, Foden kabi yetakchilar zaxirada qoldirildi.

Raqib munosib qarshilik ko‘rsatib, hisob ochilgach, ikkinchi taymda Pep jiddiylashdi va birin ketin asosiy kuchlarni tushira boshladi. Tanaffusdayoq qilingan o‘zgarishlar Pepning jahli chiqqanini ko‘rsatardi. Ayniqsa, Husanov jamoa o‘yinini boshqarib, aniq paslar bilan hujumlarni boshlab berdi. 45-raqamli futbolchi bir taym o‘ynagan bo‘lsa-da, jami paslar bo‘yicha umumiy 4-o‘rinda bo‘lgani ham uning o‘yinga bo‘lgan ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.

Avvaliga muqarrar goldan jamoasini saqlab qolgan himoyachi, biroz o‘tib jarima maydonida paydo bo‘ldi va jamoadoshining ajoyib uzatmasini golga aylantirdi. Qahramonlik ko‘rsatayotgan darvozabon ham Abduqodir oldida ojiz qoldi.

Umuman Marmush 6 taym hujumda to‘p surib, 83 ga yaqin zarba berib gol urolmagan bo‘lsa, Husanov ikki taym o‘ynab, ikkinchi zarbasini golga aylantirgani tahsinga loyiq.

Birinchi taymda o‘ziga gol urgan Ortega ham Husanov bilan ancha xotirjamlashdi, yaqin burchakka berilgan xavfli zarbani qaytardi. Darvoqe, bu zarba Stounz to‘p surgan o‘ng qanotdan hujum orqali berilgandi.

Keyin esa Husanov yetakchilikni ikkinchi taymda maydonga tushgan Kevin de Bryuynega topshirdi. Bu ham Pepning o‘ziga xos ayyorona rejasi - oldinda «Real» turibdi, barcha o‘yinni bir futbolchi orqali amalga oshirish unchalik to‘g‘ri bo‘lmasdi ham. Uyog‘iga belgiyalik futbolchi ham uyaltirmadi.

«Siti»ning asosiy tarkibiga qarshi albatta mezbonlarning kuchi yetmadi. Husanovsiz «Siti» 3-liga jamoasida 0:1 yutqazgan bo‘lsa, Husanov bilan «Siti» xuddi o‘sha jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.  «Manchester Siti» keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa-da, APL chempionining ikkinchi tarkibi bu qadar kuchsizligi ko‘pchilikni tashvishga solgani turgan gap.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:21, 08.02.2025.
O'qildi: 8544 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.