Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Leyton Orient”ga qarshi o‘yinda debyut golini kiritgan Abduqodir Husanov qanday baholandi?

“Leyton Orient”ga qarshi o‘yinda debyut golini kiritgan Abduqodir Husanov qanday baholandi?

Baho:
+2 | -

Angliya Kubogining 4-raundidan o‘rin olgan uchrashuvda “Leyton Orient” “Manchester Siti”ni 8 fevral, shanba kuni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda “shaharliklar” 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida “Leyton” futbolchisi 40 metr uzoqlikdan zarba yo‘lladi. To‘p Stefan Ortegaga tegib darvozaga yo‘l oldi. Bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Abduqodir Husanov maydonga tushdi. U yosh Vitor Reysni almashtirdi. 56-daqiqada Riko Lyuiz tepgan to‘p o‘zbekistonlik futbolchiga tegib darvozaga yo‘l oldi. Gol Husanov nomiga yozildi. Keyinchalik 79-daqiqada De Bryuyne gol urib, jamoasi uchun muhim g‘alabani olib keldi.



Sofascore nashri bahsda ishtirok etgan futbolchilar uchun qo‘yilgan baholarni e’lon qildi. Zaxiradan maydonga tushib muhim pallada gol urgan Abduqodir Husanov 7,8 ballga loyiq ko‘rildi. Shaharliklar tarkibida dastlabki daqiqalardan harakat qilgan Grilish eng yuqori ball oldi — 8,5 va o‘yindagi eng yuqori baholangan o‘yinchi bo‘ldi. Hujumda harakat qilgan Marmushning harakatlarida samaradorlik sezilmadi — 6.1 ball.

Mezbonlar tarkibida eng yuqori bahoga darvozabon Kili mualliflik qildi. U “shaharliklar” tepgan aniq zarbalarning bir nechtasini qaytardi. Chap qanot yarim himoyasida o‘ynagan Jayesimining o‘yini qovushmadi — 6,2 ball.



“Shaharliklar” keyingi o‘yinni 11 fevral kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Real”ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:07, 09.02.2025.
O'qildi: 5242 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик