Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi "Real" - "Atletiko" o‘yinidagi penaltiga baho berdi

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi "Real" - "Atletiko" o‘yinidagi penaltiga baho berdi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" "Atletiko" bilan derbida (1:1) belgilangan penaltidan norozi bo‘ldi.

Uchrashuv shanba kuni La Liganing 23-turi doirasida bo‘lib o‘tdi. 35-daqiqada "matraschilar" penaltini aniq amalga oshirgan Xulian Alvaresning harakatlari evaziga hisobni ochishdi. Penalti belgilangan epizod ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, biroq Ispaniya texnik hakamlar qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, VAR vaziyatni to‘g‘ri talqin qilgan, deb yozadi El Chiringuito. Orelyen Tchuameni haqiqatdan ham qoidalarni buzgan edi.

Karlo Anchelotti shogirdlari 50-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobni tenglashtirishdi. Qolgan vaqt davomida tomoshabinlar gol ko‘rishmadi.

Kiritildi: 11:36, 10.02.2025.
O'qildi: 5211 marta.
Fikrlar: 57 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик