Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

«Real» ispan futboliga zarar yetkazishga urinmoqda» — «Sevilya» prezidentining shov-shuvli bayonoti

«Real» ispan futboliga zarar yetkazishga urinmoqda» — «Sevilya» prezidentining shov-shuvli bayonoti

Baho:
+5 | -

«Sevilya» klubi prezidenti Xose Mariya del Nido «Real»ning Korollik Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) va Oliy sport kengashi (CSD)ga «Espanyol»ga qarshi o‘yindagi (0:1) hakamlik sifati yomon bo‘lgani haqida rasmiy shikoyat qilganiga munosabat bildirdi.

«Biz ikki narsani ajratishimiz kerak: hakamlik tizimini va uning ba’zi jihatlarini o‘zgartirish imkoniyati va "Real"ning bayonoti.

Bu qabul qilib bo‘lmaydigan va dushmanona harakat. Bu hakamlar sharafi va musobaqaning pokligiga shubha uyg‘otadi. Futbol olami bunday bayonotni jamoatchilik oldida ham, sudda ham qoralanishi kerak, chunki bu futbolning xolisligiga zid. Eng yomoni, «Real» o‘zining «Real TV» va boshqa turli usullar orqali ispan futboliga zarar yetkazishga harakat qilmoqda. Biz «Real» kabi klubning bizga bosim o‘tkazishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz...

Biz, avvalo, hakamlarga o‘z mutlaq qo‘llab-quvvatlashimizni bildirishimiz kerak. Ularning sharafiga shubha tushirilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. «Real» ularga bosim o‘tkazib, erkin qaror qabul qilishlariga to‘sqinlik qilmoqchi», – deydi prezident ESPNga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liga jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ularning eng yaqin ta’qibchisi «Atletiko»dan bir ochko, uchinchi o‘rindagi «Barselona»dan esa ikki ochko ustunligi bor.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:58, 11.02.2025.
O'qildi: 2261 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.