Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Terma jamoamiz ishtirok etadigan Osiyo chempionati boshlanishiga bir kun qoldi

Terma jamoamiz ishtirok etadigan Osiyo chempionati boshlanishiga bir kun qoldi

Baho:
+-1 | -

Ertaga, 12 fevral kuni Xitoyda U20 yosh toifasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanadi. Unda qit’amizning 16 mamlakat terma jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur kubok 1 mart kuniga qadar davom etadi.

Chempionatning “A” guruhida Xitoy, Avstraliya, Qirg‘iziston va Qatar termalari joy olgan bo‘lib, ushbu guruhdagi ilk uchrashuvlar 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Avstraliya – Qirg‘iziston, Xitoy – Qatar terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi. “B” guruhidagi dastlabki bellashuvlar esa 13 fevral kuni Iroq – KXDR o‘yini bilan boshlanib, Iordaniya – Saudiya Arabistoni uchrashuvi bilan yakunlanadi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi mazkur kubok bahslarining “S” guruhida Yaman, Indoneziya va Eron terma jamoalari bilan raqobatlashadi. Terma jamoamiz guruhdagi birinchi tur uchrashuvini 13 fevral kuni soat 14:15 da yamanlik futbolchilarga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, bu kunda Eron va Indoneziya terma jamoalari to‘qnashuvi ham ro‘y beradi.

“D” guruhidagi ilk tur o‘yinlarida Janubiy Koreya – Suriya, Yaponiya – Tailand terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuvlar 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va mazkur o‘yinlardan so‘ng birinchi tur yakunlanadi.

Osiyo kubogining har bir guruhda 3 ta tur yakunida eng yaxshi natija qayd etgan ikkitadan terma jamoa 22-23 fevral kunlari tashkil etiladigan chorak final bosqichiga yo‘l oladi. 1/4 finalda “A” va “B”, “S” hamda “D” guruhida birinchi va ikkinchi o‘rin egalari bir-birlariga qarshi maydonga tushadi. Musobaqaning yarim final bosqichi 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Final esa 1 mart kuni o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo kubogining yarim final bosqichiga yo‘l olgan terma jamoalar 2025 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Chilida o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Kiritildi: 13:25, 11.02.2025.
O'qildi: 2176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик