Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Chexiya klubiga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Chexiya klubiga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Bugun kunning dastlabki qismida «Andijon», oldindan reja qilinganidek, Chexiyaning «Zlin» klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuvni kuzatish uchun bevosita SB sport kompleksiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze, «Nasaf» ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, «Qizilqum» bosh murabbiyi Nikola Lazarevich yana boshqalar keldilar.

O‘yin ikkala jamoaning galma-galdan hujumlari bilan boshlandi. Chexiya klubi elitaga qaytish uchun asosiy nomzod bo‘lib turgani bejiz emasdi. Yaxshi saviyadagi raqibga qarshi o‘yinda murabbiylarimiz yana bir bor jamoa o‘yinidagi yutuq va kamchiliklarni ko‘zdan kechirib oldilar.

Uchrashuv davomida ikkita gol urildi va ikkalasi ham raqib tomonidan amalga oshirildi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketdilar. Ikkinchi bo‘limda esa «Zlin» futbolchilari o‘zlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ikki marta to‘p kiritishdi.

Bundan tashqari, darvozabon Valijon Rahimov mahoratini namoyish qilib, uch marta jamoamizni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, munosib raqibga qarshi o‘yinda omad «Zlin» jamoasiga kuchlib boqdi.

Endi «Andijon» bir necha soatdan so‘ng kunning ikkinchi qismidagi bellashuvda Qozog‘istonning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

«Andijon» – «Zlin» – 0:2 (0:0).
13 fevral. Antaliya. SB sport kompleksi.
Bosh hakam: Georgiy Chexovskiy.
Yordamchi hakamlar: Amangeldi Jusupov, Alisher Minbayev.
Zaxira hakami: Sanjar Iskakov.
«Andijon»: Valijon Rahimov, Miomir Jurichkovich, Luka Uskokovich, Iskandar Shoyqulov, Oleg Zoteev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Mirzad Mexanovich, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Rustam Turdimurodov.
«Zlin»: Dostal, Kopechni, Chernin, Kolarj, Shernyavich, Vukadinovich, Nombil, Didiba, Tkach,  Maxalik, Poznar.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Rakovan, Xamalchik, Bartoshak, Polashek, Buxvaldek, Natchkebiya, Petruta, Poznar.
Gollar: Vukadinovich, 52 – 0:1. Poznar, 64 – 0:2.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 20:43, 13.02.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.