Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" Grizmannga 3 nafar yulduz o‘rinbosar topib qo‘ydi

"Atletiko" Grizmannga 3 nafar yulduz o‘rinbosar topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchi Antuan Grizmannga o‘rinbosar izlamoqda.

"Matraschilar" afsonasiga aylanib ulgurgan fransuz mart oyida 34 yoshga to‘ladi. Futbolchining shartnomasi kelasi mavsum yakunlanganidan so‘ng tugaydi. Transfer News Live sahifasining xabar berishicha, "Atletiko"da Grizmanning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan hujumchilar ro‘yxati shakllantirilgan: short-listda Lautaro Martines ("Inter"), Ademola Lukman ("Atalanta") va Aleksandr Isak ("Nyukasl") bor.

Antuan Grizmann madridliklar safida barcha musobaqalarda 423 ta o‘yinda 196 ta gol urgan. Mish-mishlar uzoq vaqtdan beri futbolchini MLS klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘lab keladi.

Kiritildi: 06:18, 14.02.2025.
O'qildi: 2958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик