Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor

Ollobergan Karimov Yamanga qarshi kechgan bahs haqida gapirdi

Ollobergan Karimov Yamanga qarshi kechgan bahs haqida gapirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Ollobergan Karimov Yamanga qarshi o‘tgan uchrashuv hamda keyingi o‘yinlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Yamanga qarshi ilk uchrashuv haqida nima deya olasiz?

— Birinchi turda oson bo‘lmagan o‘yinda qatnashib, g‘alaba qozondik. Birinchi bo‘lim to‘liqligicha bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Gol kiritishga erishdik, vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik, lekin oxirgi daqiqalarda raqibimizda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Chunki raqib ham musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va ular ham g‘alaba uchun kurashishga harakat qilib ko‘rishdi. Biz uchrashuvda g‘alaba qozondik, bundan xursandmiz. Biroq xatolarimiz ustida ishlab, o‘yinimizni yaxshilash ustida harakat qilamiz.

— Indoneziya va Eronga qarshi o‘tadigan keyingi uchrashuvlar haqida

— Indoneziya bilan Eron o‘zaro o‘yinda ham bir biriga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Eron o‘z imkoniyatlaridan foydalanib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Ular bilan avval ham o‘ynaganmiz. Bu ikkita uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman.

— Siz 17 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ham ishtirok etgansiz. Bugungi kunda U-20 safida ham harakat qilyapsiz. Har ikki turnirning o‘xshashliklari va farqlari qanday?

— Ikkala yosh toifasidagi musobaqa ham o‘ziga yarasha qiziq va murakkab. Boshqa jamoalarda ham biz singari U-17 da to‘p tepib, hozirda U-20 jamoasi safidan o‘rin olgan futbolchilarni ko‘ryapmiz. Chempionat yuqori saviyada va unda kuchli jamoalar ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 16:10, 14.02.2025.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик