Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Vadim Abramov: «Hozir natija emas, barchani sinab olish muhim»

Vadim Abramov: «Hozir natija emas, barchani sinab olish muhim»

Baho:
+ | -

"Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Urartu» bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Vadim Karlenovich, birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi. Ha, mag‘lub bo‘ldik, ammo bugun juda yaxshi futbol bo‘ldi. Bu o‘yindan keyin fikringiz qanday?  

— Ha, umumiy qilib aytganda, bu biz uchun foydali o‘yin bo‘ldi. Hisob qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz kerakli ma’lumotlarni oldik.  

Agar birinchi taymni ko‘rgan bo‘lsangiz, biz o‘zimizga o‘zimiz gol urib qo‘ydik. Keyin huddi shunday xatoni raqiblar ham qildi. Birinchi taymda bizda ustunlik bor edi, ikkinchi taymning boshida ham ustunlik bizning tomonda edi. Keyin esa almashtirishlar qildik va jamoadagi barcha futbolchilarga o‘ynash imkoniyatini berdik.  

Ko‘plab futbolchilar o‘z pozisiyalarida emas, boshqa o‘rinlarda o‘ynashdi. Shuning uchun bunday natija kutilgan edi. Ammo aynan shu maqsadda bu o‘yinlarga keldik — barcha futbolchilarni sinovdan o‘tkazish uchun. Barchaga imkoniyat berishni xohladik, chunki ertaga «Lokomotiv» (Moskva) bilan yana bir o‘yinimiz bor.  

Shu sababli birinchi taymda o‘ynagan yigitlarning kuchini asrashga qaror qildik. Natija haqida gapiradigan bo‘lsak, ular bugungi o‘yinda mag‘lub bo‘lishi kerak edi, desak ham bo‘ladi.  

— Jamoaning yangi o‘yinchilari haqida fikringiz qanday?  

— Bu yigitlar hali yosh. Ular maydonga tushganida o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishdi, balki ortiqcha harakat ham qilishgan bo‘lishi mumkin. Ularda katta istak bor edi, lekin faqat istak yetarli emas, tajriba va mahoratini ham ko‘rsatish kerak. Ular yo‘l qo‘ygan xatolar ularning yoshiga yarasha bo‘ldi. Shuning uchun buni tushunish mumkin.  

Ular o‘zlarini ko‘rsatishni xohlashdi. Bu futbolchilarning kelajagi yaxshi. Ular asta-sekin tajriba to‘plashadi.  

— Birinchi taymda tajribali o‘yinchi Marko Stanovich juda yaxshi o‘ynadi. U haqida nima deysiz?

— Ha, birinchi taymda o‘ynagan barcha futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Umumiy qilib aytganda, biz o‘yinda yaxshi ko‘rinishga ega edik va ustunlikka ega bo‘ldik. Men birinchi taymda maydonga tushgan tarkibdan qoniqdim.  

Biz uchun muhim bo‘lgan narsalarni ko‘ra oldik. Hammasi joyida, hech qanday muammo yo‘q.  

— Ertaga «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin bor. Futbolchilar charchab qolmaydimi?  

— Albatta, charchoq bo‘ladi. Lekin biz aynan shuning uchun bu yerga keldik. Ular charchoq orqali o‘z mahoratlarini namoyon etishlari kerak.  

Har qanday holatda ham o‘ynash mumkin. Futbol shuning uchun bor. Charchoq? U faqat mavsum boshida, jamoa ritmga tushib olguniga qadar bo‘ladi. Shuning uchun hech qanday muammo yo‘q. Hammasi yaxshi.  

— Katta rahmat! 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 09:29, 15.02.2025.
O'qildi: 1497 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.