Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

“Paxtakor”ga bugungi o‘yinda faqat g‘alaba kerak

“Paxtakor”ga bugungi o‘yinda faqat g‘alaba kerak

Baho:
+ | -

17-18 fevral kunlari futbol bo‘yicha Osiyo Elit chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turda “Paxtakor” – “As-Sadd”, “Ash-SHorta” – “Al-Ayn”, “Persepolis” – “An-Nasr”, “Al-Ahli” – “Al-Garafa”, “Ar-Rayyan” – “Istiqlol”, “Al-Hilol” – “Al-Vasl” klublari o‘zaro raqobatlashadi.

8-turning biz uchun ahamiyatli o‘yini, albatta, “Paxtakor” – “As-Sadd” uchrashuvidir. Shuningdek, “Persepolis” – “An-Nasr” va “Ar-Rayyan” – “Istiqlol” klublari o‘rtasidagi bahslar natijasi ham jamoamizning keyingi taqdirida muhim ahamiyat kasb etadi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, 7-tur yakunidan so‘ng “Paxtakor” 4 ochko bilan 10-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, “Istiqlol” va “Persepolis” jamoalari 6 tadan ochko jamg‘argan holda 8-9-o‘rinlarda bormoqda. Shu sababli, poytaxtimiz klubi 8-turda “As-Sadd”ni yenga olsa, shu qatorda “Persepolis” va “Istiqlol” klublari mag‘lubiyatga uchrasa, “sherlar“ sakkizinchi o‘rindan joy olishi hamda navbatdagi bosqichga o‘tishi mumkin.

Shu o‘rinda, “Paxtakor” – “As-Sadd” jamoalari bahsiga oid ayrim faktlarni e’tiboringizga havola qilishni lozim topdik. Ushbu jamoalar 2011 va 2019 yillarda OCHL musobaqasining guruh bosqichida o‘zaro o‘yin o‘tkazgan. Dohada mezbonlar har ikki o‘yinda 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Toshkentdagi bahslar 1:1 va 2:2 hisobida yakunlangan. Umid qilamizki, bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da o‘tadigan bahsda jamoamiz muxlislarimiz uzoq kutgan muhim g‘alabani qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo Elit chempionlar ligasining 7-tur yakuniga ko‘ra “Al-Hilol” va “Al-Ahli” klublari ochkolarini 19 taga yetkazib olgan holda gollar nisbatiga ko‘ra, 1- va 2- pog‘onadan joy olgan.

Shuningdek, “An-Nasr” jamoasi 16 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “As-Sadd” 12, “Al-Vasl” 11, “Ar-Rayyan” 8, “Al-Garafa” 7, “Istiqlol” 6 ochko jamg‘arib, kuchli 8 talikka yakun yasab berdi. Garchi “Persepolis”da ham 6 ochko bo‘lsa-da, gollar nisbatiga ko‘ra ushbu jamoa 9-o‘rinda qoldi. “Paxtakor” 4 ochko bilan 10-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, “Ash-SHorta” 3, “Al-Ayn” esa 2 ochko bilan quyi o‘rinlarda qoldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, umumiy bosqich yakuniga bir tur qolgan bo‘lsa-da, “Al Hilol”, “Al-Ahli”, “An-Nasr”, “As-Sadd” va “Al-Vasl” klublari muddatidan avval 1/16 bosqichiga yo‘l oldi.

Kiritildi: 11:36, 17.02.2025.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик