Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Xokkey. Yoshlar terma jamoasi O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi

Xokkey. Yoshlar terma jamoasi O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning 18 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi 2025 yil 28 fevraldan 6 martgacha U18 jahon chempionatining IIIB divizionida (kuchlar bo‘yicha yettinchi) o‘yin o‘tkazadilar. Turnir Bangkok (Tailand)da bo‘lib o‘tadi.

Bunga qadar O‘zbekiston xokkey maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan U18 yoshlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya Kubogida ikki marta g‘olib bo‘lib, hech bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan. Turnir 2023 yil mart oyida Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) va 2024 yil aprel oyida Toshkent hamda Samarqandda (O‘zbekiston) bo‘lib o‘tgan.

Jahon chempionatidagi debyut turnirida O‘zbekiston yoshlari Janubiy Afrika Respublikasi, Lyuksemburg, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina hamda Tailand yosh jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Turnir taqvimi:

28 fevral, 14:30 — O‘zbekiston -  Janubiy Afrika Respublikasi
1 mart, 14:30 — Lyuksemburg - O‘zbekiston
3 mart, 14:30 — Turkmaniston - O‘zbekiston
4 mart, 11:00 — O‘zbekiston - Bosniya va Gersegovina
6 mart, 18:00 — Tailand - O‘zbekiston

Xalqaro Xokkey Federasiyasi (IIHF) turnirning so‘nggi uchrashuvi sifatida Tailand va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi bahsni belgilagan, bu esa aynan shu ikki jamoa musobaqaning asosiy favoritlari sifatida ko‘rilayotganini anglatadi.

Janubiy Afrika jamoasi autsayder sifatida ko‘rilmoqda, Lyuksemburg esa o‘tgan yilgi turnirni o‘tkazib yuborgan. Qolgan uch raqib esa jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Biz yoshlarimizga ishonamiz va umid qilamizki, Chexiyada mavsumni o‘tkazgan Jasurbek Rustamxonov va Salohiddin Azimov ishtirokida kuchaygan jamoamiz jahon chempionatida munosib debyut qiladi hamda g‘alaba va yuqori divizionga chiqish uchun kurashadi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:45, 17.02.2025.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик