Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

Pedru Moreyra: «Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajargan taqdirda ijobiy natijalarga erisha olamiz»

Pedru Moreyra: «Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajargan taqdirda ijobiy natijalarga erisha olamiz»

Baho:
+ | -

"As-Sadd" bilan uchrashuvdan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va bellashuvning eng yaxshi futbolchisi Brayan Riaskos matbuot anjumanida qatnashdi.

Moreyra: - Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Birinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldik. Ko‘proq gol urishga intildik. O‘tkazib yuborgan golimiz kichik xato sababli yuzaga keldi. Yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajargan taqdirda ijobiy natijalarga erisha olamiz. Navbatdagi bahslarga yanada yaxshi tayyorlanamiz.

Xorijlik futbolchilarni o‘zim tanladim. Ular jamoani kuchaytirishiga ishonganman. Har o‘yinda turli rejalarga egamiz va futbolchilar tarkib uchun kurash olib borishadi. Bu yerda o‘ynab ketish oddiy emas. Jamoaviy birga o‘ynab, yutuqlarga erishamiz. Gol o‘tkazgach ham rejamizdan chekinmadik. Doim shunday o‘ynashni xohlaymiz.

Kim qanday o‘ynayotganini tahlil qilib turaman va shunga yarasha o‘zgarishlarni amalga oshiraman. Bahs borishiga qarab, kimni almashtirish yoki o‘yinga qo‘shish borasida qaror chiqaraman. Raqibni to‘psiz qoldirishga urindik, ular to‘p bilan juda xavfli jamoa. Muxlislar esa shubhasiz bizning 12-o‘yinchilarimiz!

Riaskos: - Murabbiy aytganidek, chiroyli futbol namoyish qildik. Mashg‘ulotlarda ishladik va bu samarasini berdi. Ikki to‘p kiritganimdan xursandman. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman va g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarni ko‘proq xursand qilishga intilamiz.

Imkon qadar ko‘proq gol bilan jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Bor kuchimni jamoa manfaati uchun sarflayman.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:31, 18.02.2025.
O'qildi: 1461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик