Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ravshan Irmatov Jizzax viloyat futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi

Ravshan Irmatov Jizzax viloyat futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va hududiy futbol assosiasiyasilari bilan ishlash bo‘limi rahbari Baxtiyor Shirinov Jizzax viloyati futbol akademiyasi, viloyat futbol maktabining hozirgi kundagi holati va yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘FA rahbariyati shuningdek Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev bilan uchrashdi va viloyatda futbol sport turini yanada ommaviyligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi. Ravshan Irmatov yig‘ilishda alohida seleksiya ishlari bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi. Maktablar va mahallalarda seleksiya ishlarini tizimli ravishda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng konferensiyaga delegatlar sifatida Jizzax viloyati boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, viloyat futbol akademiyasi va futbol maktabi hamda bir qator futbol fidoyilari ishtirok etishdi.

Jizzax viloyati futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti lavozimiga tasdiqlash bo‘yicha konferensiyaning kun tartibidagi masala yuzasidan ovoz berish jarayoni yo‘lga qo‘yildi va bir ovozdan Shuhrat Yuldashev Jizzax viloyati futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti etib tayinlandi.

Kiritildi: 15:59, 18.02.2025.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик