"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida "Bryugge"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:3) hujumchi Ademola Lukmanni tanqid qildi.
“Ademola Lukman men ko‘rgan eng yomon penaltichilardan biri. U penalti tepmoqchi edi, chunki u oldin gol urdi. U Retegi va De Ketelear penaltini tepishga tayyor bo‘lishiga qaramay, to‘pni egallab oldi... Lukmanning qilgani menga yoqmadi", - dedi Gasperini.
Hujumchi 61-daqiqada penaltini amalga oshira olmadi.













