Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/03 15:35 Yaponiya 0-0 Saudiya Arabistoni
25/03 16:00 Xitoy 0-2 Avstraliya
25/03 16:00 Janubiy Koreya 1-1 Iordaniya
25/03 18:45 Indoneziya 1-0 Bahrayn
25/03 18:45 Qirg‘iziston 3-1 Qatar
25/03 21:00 Eron 2-2 O‘zbekiston
25/03 23:15 KXDR 1-2 BAA
25/03 23:15 Kuvayt 0-1 Ummon
25/03 23:15 Falastin 2-1 Iroq
26/03 01:00 Boliviya 0-0 Urugvay
26/03 05:00 Chili 0-0 Ekvador
26/03 05:00 Venesuela 1-0 Peru
26/03 05:00 Kolumbiya 2-2 Paragvay
26/03 05:00 Argentina 4-1 Braziliya

Chempionlar Ligasi 1/8, 1/4 va 1/2 final qur’a tashlash marosimi haqida

Chempionlar Ligasi 1/8, 1/4 va 1/2 final qur’a tashlash marosimi haqida

Baho:
+-2 | -

Yevropa Chempionlar Ligasi 2024/25 mavsumining 1/8, 1/4 va 1/2 final bosqichlari uchun qur’a tashlash marosimi 21 fevral kuni Nyonda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Pley-off formati
Asosiy guruh bosqichidagi eng yaxshi sakkizta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga chiqqan. Ularga saralash o‘yinlari g‘oliblari qo‘shiladi. Ilk bor Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi bunday formatda o‘tkazilmoqda.

1/8, 1/4 va 1/2 final bosqichlari uchun jamoalar aniq setkaga bo‘lingan. Ularning raqiblari umumiy bosqich natijalari asosida shakllantirilgan.

Masalan:
- 1 va 2-o‘rin egalari asosiy bosqichda 15-18-o‘rinlarda joy olgan jamoalar ishtirok etgan saralash o‘yinlari g‘oliblari bilan o‘ynaydi.
- 3 va 4-o‘rin egalari asosiy bosqichda 13, 14, 19 va 20-o‘rinlardagi jamoalar ishtirok etgan saralash o‘yinlari g‘oliblari bilan to‘qnash keladi.

1/8 final qur’asida kimlar qatnashadi?
1/8 finalda saralash o‘yinlari g‘oliblari va umumiy bosqichning eng kuchli 8 jamoasi (saralangan)ga qarshi o‘ynaydi. Saralangan jamoalar javob o‘yinlarini o‘z maydonida o‘tkazadi.

Saralangan jamoalar (umumiy bosqichdagi o‘rni):
1. "Liverpul" (Angliya)
2. "Barselona" (Ispaniya)
3. "Arsenal" (Angliya)
4. "Inter" (Italiya)
5.  "Atletiko" (Ispaniya)
6.  "Bayer" (Germaniya)
7. "Lill" (Fransiya)
8. "Aston Villa" (Angliya)

Saralanmagan jamoalar (umumiy bosqichdagi o‘rni):
10. "Borussiya" (Germaniya)
11. "Real" (Ispaniya)
12. "Bavariya" (Germaniya)
14. PSV (Niderlandiya)
15. "PSJ" (Fransiya)
16. "Benfika" (Portugaliya)
19. "Feyenoord" (Niderlandiya)
24. "Bryugge" (Belgiya)

1/8 final qur’asi qanday o‘tkaziladi?
- 1/8 final uchun "saralangan" jamoalar juftliklarga bo‘linadi (1 va 2, 3 va 4, 5 va 6, 7 va 8).
- Har bir juftlikdagi jamoalardan biri saralash o‘yini g‘olibi bilan to‘qnashadi.
- To‘rtta savatcha tayyorlanadi. Har bir savatchada "saralangan" jamoalar juftligi bo‘ladi.
- Qur’a natijalari bo‘yicha jamoalar 1/8 final setkasida o‘z joyini oladi.
- Birinchi bo‘lib, 7 va 8-o‘rinlarni egallagan ikki jamoa joylashgan savatchadan bitta shar olinadi va ochiladi. Qur’adan birinchi tanlangan jamoa "kumush" setkadagi (chap tomondan) o‘z o‘rnini egallaydi. Shu juftlikdagi ikkinchi jamoa esa "ko‘k" setkada (o‘ng tomonda) ajratilgan joyga joylashtiriladi.  
- Xuddi shu jarayon qolgan "saralangan" klublar uchun ham takrorlanadi.

1/4 final qur’asi qanday o‘tkaziladi?
- 1/4 final uchun qur’a faqat qaysi jamoa birinchi o‘yinni uyda o‘tkazishini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Chorak finaldan boshlab finalgacha juftliklar aniq bo‘lib ulgurgan.
- To‘rtta savatcha tayyorlanadi: ikkitasi "kumush", ikkitasi "ko‘k" setka uchun.
- Har bir savatchada 1/8 final g‘oliblari bo‘ladi.
- Savatchadan tortilgan birinchi jamoa birinchi o‘yinni uyda, ikkinchi jamoa esa javob uchrashuvini uyda o‘tkazadi.
- Masalan, asosiy bosqichda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar 15, 16, 17 va 18-o‘rinlarda joy olgan jamoalar ishtirok etgan saralash o‘yinlari g‘oliblari bilan to‘qnash keladi.  
- asosiy bosqichda 3 va 4-o‘rinni egallagan jamoalar esa 13, 14, 19 va 20-o‘rinlarda joylashgan jamoalar ishtirok etgan saralash o‘yinlari g‘oliblari bilan o‘ynaydi.  
- Shu tartibda qolgan jamoalar ham o‘z juftliklarini shakllantiradi.

1/2 final qur’asi qanday o‘tkaziladi?
- 1/2 final uchun "kumush" va "ko‘k" setkalarga mos ravishda ikkita savatcha tayyorlanadi.
- Har bir savatchada 1/4 final g‘oliblari bo‘ladi.
- Birinchi jamoa birinchi o‘yinni uyda, ikkinchisi javob uchrashuvini uyda o‘tkazadi.

Final uchun qur’a tashlanadimi?
Yo‘q, final setkasi oldindan belgilangan. "Kumush" setka g‘olibi nominal mezbon hisoblanadi.

Bir xil mamlakat jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkinmi?
Ha, bu bosqichda jamoalar xohlagan raqib bilan o‘ynashi mumkin, shu jumladan, umumiy bosqichdagi raqiblari bilan ham.

Pley-off bosqich o‘yinlari qachon bo‘lib o‘tadi?
- 1/8 final: 4/5 va 11/12 mart 2025 yil
- 1/4 final: 8/9 va 15/16 aprel 2025 yil
- 1/2 final: 29/30 aprel va 6/7 may 2025 yil
- Final: 31 may 2025 yil (Myunxen).

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 07:00, 20.02.2025.
O'qildi: 18514 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz