Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" ketma-ket 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. To‘plar farqi - 25:4

"PSJ" ketma-ket 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. To‘plar farqi - 25:4

Baho:
+ | -

"PSJ" qatorasiga yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Luis Enrike murabbiyligidagi jamoa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichiga chiqish uchun o‘tish o‘yinida "Brest"ni mag‘lub etdi (7:0).

Shu tariqa, parijliklar barcha turnirlardagi g‘alabali seriyasini umumiy 25:4 hisobida yettita o‘yinga yetkazdi.

Bundan tashqari, fransuz klubi barcha musobaqalarda ketma-ket 19 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramagan.

Chempionlar Ligasining 1/8 bosqichida "PSJ" "Liverpul" yoki "Barselona" bilan to‘qnash kelishi mumkin. Liga 1da jamoa 22 o‘yinda 56 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 11:33, 20.02.2025.
O'qildi: 458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик