Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Sporting" ustozi jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

"Sporting" ustozi jamoa muxlislariga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

"Sporting" bosh murabbiyi Ruy Borjesh Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmundga (0:0) qarshi javob uchrashuvini sarhisob qildi.

"Biz bu yerga kurashish uchun kelgandik. Biz taslim bo‘lmadik va men jamoaning kayfiyatidan mamnunman. Besh himoyachi bo‘lib o‘ynab, "Borussiya" uchun bo‘sh maydon deyarli qoldirmadik.

O‘yin natijasi deyarli hal bo‘lganida ham bizni doimo qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman," - deya Borjeshning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Dastlabki o‘yinda "Borussiya" 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, dortmundliklar Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi. "Sporting" turnirni tark etdi.

Kiritildi: 12:23, 20.02.2025.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.