Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" futbolchisi Premyer-ligaga qaytishi mumkin

"Barselona" futbolchisi Premyer-ligaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" vingeri Ferran Torres klubini o‘zgartirishi mumkin.

Fichajesning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi qiziqmoqda va kelasi yozda futbolchi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor.

Torres avvalroq Angliya Premyer-ligasida "Manchester Siti"da o‘ynagan, u yerdan 2022 yilda "Barselona"ga o‘tgan edi.

Torres joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:13, 21.02.2025.
O'qildi: 2924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик