Milanning "Inter" klubi vise-prezidenti Xavyer Dzanetti Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi.
"Neradzurrilar" turnir nimchorak finalida Niderlandiyaning "Feyenoord" klubiga qarshi maydonga tushadi. Avvalgi bosqichda rotterdamliklar kutilmaganda "Milan" ustidan umumiy 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
"Feyenoord" - hurmatga loyiq raqib. Jamoa musobaqaning avvalgi o‘yinlarida nimalarga erishganini ko‘rdik. Bizga jiddiy mas’uliyat yuklangan, axir biz "Inter"miz. Chempionlar ligasida Italiyani imkon qadar yaxshiroq himoya qilishga harakat qilamiz," - deya Dzanettining so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.













