Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Xoselu: "Men tinchgina o‘lishim mumkin, chunki "Real"da o‘ynadim va chempionlikni qo‘lga kiritdim"

Xoselu: "Men tinchgina o‘lishim mumkin, chunki "Real"da o‘ynadim va chempionlikni qo‘lga kiritdim"

Baho:
+ | -

Joselu "Real"dan ketishi haqida gapirdi. 2024 yilning yozida forvard Qatarning "Al-Garafa" klubiga ko‘chib o‘tdi.

“Madrid bilan xayrlashish hayotimdagi eng qiyin damlardan biri. Qaror qabul qilganimda, yuragimni tinglay olmadim, chunki o‘shanda umrimning oxirigacha "Real Madrid"da qolgan bo‘lardim va bu haqda o‘ylasam, g‘am-g‘ussaga botaman.

Ketishga qaror qilganimda, xotinim bilan gaplasha olmadim. Lukas Vaskes menga qo‘ng‘iroq qildi, lekin men u bilan gaplasha olmadim, xuddi Modrich bilan bo‘lgani kabi, bir og‘iz ham gapira olmadim. Bu haqda Anchelottiga aytish qiyin edi, u mening qolishimni xohlagani uchun jahli chiqdi.

Qatarda bo‘lgan dastlabki ikki oyda xayolim Madridda edi. Eslayman, "Real Madrid" birinchi o‘yinda durang o‘ynagan va mening ismim Tvitterda ommalashgan, odamlar meni eslab qolishgan. "Bavariya"ga qarshi o‘yin aql bovar qilmaydigan bo‘ldi.

Men tinch va xotirjam o‘lishim mumkin, chunki men "Real Madrid" bilan o‘ynaganman va chempionlikni qo‘lga kiritganman", dedi Joselu.

Kiritildi: 15:40, 22.02.2025.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.