Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Vinisius saudiyaliklarning strategik maqsadi hisoblanadi

Vinisius saudiyaliklarning strategik maqsadi hisoblanadi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida Vinisius Junior uchun 1 milliard yevro to‘lashlari mumkin.

"Real" va Braziliya terma jamoasining 24 yoshli vingeri saudiyaliklarning strategik maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi huquqini qo‘lga kiritgach, mamlakat rahbariyati futbolga investisiyalarni yanada ko‘paytirishga tayyor.

Shu bilan birga, endi mablag‘larni yoshga bog‘liq yulduzlarga emas, balki faoliyatining katta qismini ligada o‘tkazishi mumkin bo‘lgan 25 yoshdan oshmagan o‘yinchilarga sarflash rejalashtirilmoqda. Yaqinda "Aston Villa"dan "An-Nasr"ga o‘tgan 21 yoshli hujumchi Jon Duran bunga misol bo‘la oladi.

Avvalroq, Vinisiusga Saudiya Arabistonida 5 yillik shartnoma bo‘yicha 1 mlrd yevro berishga tayyorligi, "Real"ga esa 300 mln yevro to‘lashi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.

«Relevo» xabariga ko‘ra, saudiyaliklar braziliyalikning o‘ziga taklifni oshirishi, qolaversa, uning shartnomasidagi 1 milliard yevro miqdoridagi tovon pulini faollashtirishi mumkin.

Agar Vinisius va "Real" yangi kelishuvga erishmasa, Saudiya Arabistoni klublari harakat qilishga tayyor.

Kiritildi: 16:05, 22.02.2025.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик