Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike Kvarasxeliyaning transferini tushuntirdi

Luis Enrike Kvarasxeliyaning transferini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike gruziyalik vinger Xvicha Kvarasxeliyani xarid qilgani haqida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida parijliklar safiga "Napoli"dan o‘tgan edi.

"Xvichaning transferidan maqsad jamoani kuchaytirish edi. Agar o‘yinchida raqobat bo‘lsa, u yaxshilanadi. Barkola o‘tgan mavsumda muhim o‘yinchi edi. U buyuk kelajagi bo‘lgan umidli futbolchi, hozirda, o‘tgan mavsum o‘rtalaridan boshlab, bizning o‘yin uslubimiz uchun muhim o‘yinchi bo‘lib kelmoqda" - dedi Enrike.

Joriy mavsumda 22 yoshli Barkola barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kvarasxeliya "PSJ" libosida maydonda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:03, 22.02.2025.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик