Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Ferdinand: "MYU" darvozasiga belgilangan penalti bekor qilinganiga hayratdaman"

Ferdinand: "MYU" darvozasiga belgilangan penalti bekor qilinganiga hayratdaman"

Baho:
+ | -

Rio Ferdinand hakamning "Manchester Yunayted" darvozasiga belgilangan penaltini bekor qilganidan hayratda.

APLning 26-turida "Everton" o‘z maydonida "Manchester Yunayted" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

93-daqiqada avvalroq "MYU"da o‘ynagan "Everton" himoyachisi Eshli Yang qaytgan to‘pga zarba berishmoqchi bo‘ldi va "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteys de Ligt tomonidan futbolkasining orqasidan ushlanib, maydonga quladi. Jangda Garri Maguayr ham ishtirok etdi.

Bosh hakam Endi Medli nuqtani ko‘rsatdi. Biroq VAR hakamlari voqeaga aralashib, Medlini takroriy o‘yinni tekshirishga taklif qilishdi. Endi videoni tomosha qildi va o‘zining dastlabki qarorini o‘zgartirdi.

"Eng yomoni, VAR aralashuvi. Penalti belgilanmaganiga hayronman. Kontakt bor edi. Qo‘lingni kimgadir qo‘yganingda, sen hakamga shunday qaror qabul qilish imkoniyatini berasan", - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Ferdinand TNT Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 20:09, 22.02.2025.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик