Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman: Robin van Persi - "Feyenoord" bosh murabbiyi!

Rasman: Robin van Persi - "Feyenoord" bosh murabbiyi!

Baho:
+ | -

Robin van Persi "Feyenoord"ni qabul qilib oldi.

Rotterdam klubi 41 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. Van Persi 2024 yilning may oyidan beri boshqarayotgan "Xerenven"ni tark etadi. Van Persining "Feyenord" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Murabbiy dushanba kuni klubga qo‘shiladi.

"Feyenoord"ning yangi bosh murabbiyi yordamchisi Erik ten Xagning "Manchester Yunayted"dagi sobiq yordamchisi Rene Xake bo‘ladi. Uning shartnomasi ham 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

23-turdan o‘rin olgan "Feyenoord" 43 ochko bilan Erediviziya turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Brian Priske ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, jamoani vaqtincha Paskal Bosshaart boshqargan.

Kiritildi: 16:04, 23.02.2025.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик