Pep Gvardiola bir mavsumda mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha antirekordni yangiladi.
"Manchester Siti" APL 26-turida o‘z maydonida "Liverpul"ga yutqazib qo‘ydi (0:2).
"Siti" bosh murabbiyi joriy mavsumdagi 14-o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning butun murabbiylik faoliyatidagi antirekordidir.
Gvardiola Angliyadagi ishidan oldin "Barselona" va "Bavariya" klublariga ustozlik qilgan.













