"PSJ"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvarasxeliya Fransiya chempionatining 23-turi doirasida "Lion" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Parijliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.
"Biz qiyin o‘yin o‘tkazdik. Ayniqsa, oxirgi daqiqalar qiyin kechdi, chunki raqib bor kuchi bilan hujumga o‘tdi, biz esa himoyalandik. Eng muhimi - uch ochko. "PSJ" oldinga siljishda davom etmoqda. Jamoamiz hozir juda kuchli. Biz chiroyli o‘yin ko‘rsatmoqdamiz", - deydi yarim himoyachi.
Fransiya chempionatining 23-turidan so‘ng “PSJ” 59 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Luis Enrike shogirdlari ikkinchi o‘rindagi “Marsel”dan 13 ochko oldinda.













