Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

«Galatasaroy» Joze Mourinyuga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish niyatida

«Galatasaroy» Joze Mourinyuga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish niyatida

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" matbuot xizmati "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyuni tanqid qildi. Bu kechagi "Galatasaroy" – "Fenerbaxche" (0:0) o‘yinidan keyin yuzaga kelgan vaziyatga bog‘liq.  

Uchrashuvdan so‘ng, portugaliyalik mutaxassis raqib jamoa a’zolarini haqorat qiluvchi iboralar bilan tavsiflagan. Jumladan, u "Galatasaroy" zaxira o‘rindig‘i vakillarini "maymunlar kabi sakrayotgan" deb ta’riflagan.  

"Galatasaroy" rasmiy bayonotida shunday deyiladi:  

"Joze Mourinyu Turkiyada ish boshlaganidan beri turk xalqini haqorat qiluvchi bayonotlar berib kelmoqda. Bugun esa uning so‘zlari axloqsiz izohlardan odamgarchilikka zid bayonotlarga aylandi. Biz rasman uning irqchilikka oid fikrlari uchun jinoiy ish qo‘zg‘atish niyatimiz borligini e’lon qilamiz. Shuningdek, UEFA va FIFAga rasmiy shikoyat yo‘llaymiz".

Ayni damda "Galatasaroy" Turkiya chempionatida 24 ta o‘yindan so‘ng 64 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Fenerbaxche" esa 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:08, 25.02.2025.
O'qildi: 2135 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик