Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Inter" yetakchisi "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

"Inter" yetakchisi "Bavariya"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxano‘g‘li yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Joriy mavsum boshlanishidan oldin ham turk bilan shartnoma imzolashga "Bavariya" qiziqish bildirgan edi, keyinchalik futbolchining o‘zi buni tasdiqladi. Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra myunxenliklar xavbekni yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida yana o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Shuningdek, 31 yoshli futbolchiga Angliyaning "Nyukasl" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Xakan Chalxano‘g‘li 2021 yilning yozidan buyon "Inter" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachining "neradzurrilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 01:14, 26.02.2025.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик