Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Abduqodir Husanov “Tottenhem”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 27-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar doirasida “Manchester Siti” “Tottenhem”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin bugun, 26 fevral kuni tunda bo‘lib o‘tadi.

Nufuzli sport nashrlari “Manchester Siti”ning ushbu uchrashuv uchun tanlashi mumkin bo‘lgan asosiy tarkibi borasida taxminlarini bildirdi.

Opta nashri Pep Gvardiola o‘yin uchun 4-2-3-1 taktikasidan foydalanadi, deya hisoblamoqda va himoyada Yoshko Gvardiol, Ruben Dias, Abduqodir Husanov va Riko Lyuis to‘rtligi o‘ynashini taxmin qilmoqda. So‘nggi bir necha bahslarni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan Erling Holand ham safga qaytishi mumkin.



Yana bir nashr 90min ham tarkib bo‘yicha o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.  Unga ko‘ra “Manchester Siti” bugun London klubiga qarshi quyidagi tarkib bilan maydonga tushadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Husanov, Ake, Ruben Dias, Niko Gonsales, Bernardu Silva, Savinyo, Omar Marmush, Jeremi Doku, Erling Holand.

Ushbu nashr ham Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan maydonga tushishini taxmin qilmoqda va o‘zbekistonlik futbolchiga quyidagicha ta’rif bergan:

“Siti” yanvarda xarid qilgan Husanov ancha yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Uning debyuti bir oz omadsizroq o‘tgan bo‘lsa-da, qolgan bahslarda ancha ishonchli harakat qilmoqda.

Angliyadagi yana bir nufuzli nashrlardan bir Standart.co.uk nashri ham “Tottenhem” — “Manchester Siti” uchrashuvining boshlang‘ich tarkibi borasida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekistonlik futbolchi bugun boshlang‘ich tarkibdan joy olmadi.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Levis, Dias, Ake, Gvardiol, Gonsales, Gyundo‘g‘an, Savinyo, Foden, Doku, Holand.

“Manchestercity.news” nashri ham Abduqodirni ilk daqiqalardan boshlab Londonda kechadigan markaziy bahsda maydonga tushadi deya hisoblamoqda.



Mashhur Onefootball nashri Gvardiola bugun tunda bo‘ladigan uchrashuvda ilk daqiqalardan o‘ynaydigan futbolchilar borasida Husanovga ishonch bildiradi deya hisoblamoqda.

“Manchester Siti” (4-2-3-1) — Ederson, Nunesh, Husanov, Ake, Gvardiol, Gonsales; Foden, De Bryuyne, Kovachich, Doku, Marmush.

“Tottenhem” hozirda 33 ochko bilan turnir jadvalida 13-o‘rinni egalab turibdi. “Manchester Siti” 44 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onani band etgan.

Ma’lumot uchun, uchrashuv bugun, 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:40, 26.02.2025.
O'qildi: 7931 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик