Muhammad Saloh so‘nggi 6 o‘yinning 5 tasida golli uzatmani amalga oshirdi.
"Liverpul" vingeri Angliya chempionatining 27-turida "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda Aleksis Makallisterga assistentlik qildi. Bungacha u APL doirasida "Everton," "Aston Villa" va "Manchester Siti," Liga kubogida esa "Tottenxem" bilan o‘yinlarda assistentlik qilgandi.
Misrlik futbolchi Premyer-liganing joriy mavsumida 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o‘tgan turda o‘rnatgan klub rekordini yangiladi.













