Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Donnarummaning agenti darvozabonning «PSJ»dagi kelajagi haqida bayonot berdi

Donnarummaning agenti darvozabonning «PSJ»dagi kelajagi haqida bayonot berdi

Baho:
+ | -

«PSJ» darvozaboni Janluidji Donnarummaning agenti Enso Rayola italiyalik posbonning parijliklar safidagi faoliyatiga doir mish-mishlar fonida izoh berdi.  

Donnarummaning «PSJ» bilan shartnomasi 2026 yil iyuniga qadar amal qiladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kelasi yozda uni «Inter» sotib olishga harakat qiladi. Shuningdek, shartnoma tugaganidan so‘ng u erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tishi ehtimoli ham bor.  

«Donnarumma – «PSJ» va milliy jamoa darvozaboni bo‘lib, bir necha klublar unga qiziqish bildirmoqda, bu esa mutlaqo tabiiy. Uning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tgan yozda boshlangan va biz bu yo‘nalishda xotirjam ish olib bormoqdamiz. UYEFA qoidalariga muvofiq, klub moliyaviy o‘zgarishlar kiritib, byudjetni o‘zgartirdi. Biz «PSJ»ning yangi shartnoma boshqaruv siyosatiga rioya qilyapmiz va uzaytirish imkonini ko‘rib chiqmoqdamiz, ammo hozircha hech qanday shoshilinch holat yo‘q», – deb Rayolaning so‘zlarini Foot Mercato keltirdi.  

«Inter» yoki boshqa klublar bilan hech qanday aloqa bo‘lmagan. Agar futbolchi transfer bozoriga qo‘yilsa, uning uchun qiziqish bildiradigan jamoalarni topish qiyin bo‘lmaydi. Agar kelgusi oylarda qandaydir o‘zgarishlar ro‘y bersa, biz vaziyatni qayta baholaymiz», – deya qo‘shimcha qildi Rayola.

Joriy mavsumda Donnarumma «PSJ» safida 27 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:16, 27.02.2025.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик