Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Lion" "PSJ" ustidan Kvarasxeliya transferi bo‘yicha shikoyat qildi

"Lion" "PSJ" ustidan Kvarasxeliya transferi bo‘yicha shikoyat qildi

Baho:
+ | -

"Lion" "PSJ" vingeri Xvicha Kvarasxeliyaning Liga 1 o‘yinlaridagi ishtiroki yuzasidan Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) yuridik qo‘mitasiga shikoyat qildi, deb yozadi «L’Equipe».

Manbaga ko‘ra, tashkilotga yo‘llangan maktubda jamoa egasi va prezidenti Jon Tekstor gruziyalikning Parij klubiga o‘tishi faqat xorijiy subsidiyalar tufayli mumkin bo‘lganini, bu LFP qoidalari bilan taqiqlanganini aytgan. Bundan tashqari, Kvarasxeliya shartnomasini tan olish va uni yangi futbolchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish LFP ma’muriy reglamenti qoidalarini ham buzadi, deb hisoblaydi Tekstor.

Qayd etilishicha, ushbu shikoyat parijliklarning "Lion" "Botafogo"dan ijaraga olgan hujumchi Tyago Almadaning o‘yindagi ishtiroki bo‘yicha xuddi shunday murojaatiga javob bo‘lgan.

Liga 1 23-turidan o‘rin olgan "PSJ" - "Lion" bahsida parijliklar 3:2 hisobida zafar quchgandi. Kvarasxeliya golli uzatmani amalga oshirdi.

24 yoshli vinger Parij klubiga 2025 yilning yanvarida "Napoli"dan 70 million yevro evaziga o‘tgandi.

Kiritildi: 16:33, 27.02.2025.
O'qildi: 1285 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик