Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

U21 chempionati. O‘zPFL o‘z yoshlari kelajagiga befarq klublarga chora ko‘rishni boshladi

U21 chempionati. O‘zPFL o‘z yoshlari kelajagiga befarq klublarga chora ko‘rishni boshladi

Baho:
+ | -

20 fevral kuni U21 chempionati haqida material e’lon qilingan bo‘lib, unda Superliga klublari rahbariyatidan reglament talablariga diqqatli bo‘lish so‘ralgandi. Shuningdek, ularga “Superliga va Proliga reglamenti”ning 5.4 hamda 5.5-bandlarini o‘qib chiqish tavsiya etilgandi.

7 mart kuni Superliga yangi mavsumi start oladi. Tabiiyki, asosiy o‘yinlardan bir kun o‘tib U21 jamoalari maydonda ko‘rinish beradi. Zaxira jamoasi maydoni uchun talab aslida katta emas. Uning parvarishi uchun xarajat ko‘payib ketmasligi uchun, U21 jamoasiga ajriq bilan qoplangan stadionda to‘p surishi uchun ruxsat etilgan.

Liganing stadionlar uchun javobgar mutaxassislari o‘tgan vaqt davomida U21 jamoalari to‘p tepishi rejalashtirilgan maydonlarni o‘rganib chiqdi. "Nasaf", "Bunyodkor" va "Surxon" klublari bu masalaga jiddiy e’tiborda bo‘lib, ularning zaxira maydonlari doimiy parvarishda, sifatli o‘yin uchun sharoit yetarli. "Paxtakor" va "Andijon" klublari bu borada ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

OKMK, "Buxoro", "Neftchi", "Sho‘rtan", "So‘g‘diyona", "Mash’al" kabi klublarning zaxira jamoalari maydonlarini Liga shartli ravishda qabul qildi. Biroq mana shu klublar rahbariyatidan zaxira maydonlariga jiddiy e’tibor qaratish va ularning holatini yaxshilash so‘raladi.

"Qo‘qon-1912", "Qizilqum", "Xorazm", "Navbahor", "Dinamo" klublari U21 jamoasi uchun taqdim etgan maydonlar Liga tomonidan o‘yinlar uchun qabul qilinmadi. Ularda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar, Liga reglament bandlari bo‘yicha chora ko‘rishda davom etadi. Faqatgina "Qo‘qon-1912" klubi belgilangan muddatning so‘nggi kunida Yaypandagi O‘zbekiston stadionini ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurgani uchun, mazkur klubning zaxira jamoasi "Turon" maydonidan foydalanib turadi.

Samarqand, Xorazm, Navoiy shaharlarida esa afsuski U21 jamoasi o‘yinlarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan boshqa maydon mavjud emas. "Navbahor" klubi rasmiylarining Liga musobaqalari va talablariga bo‘lgan munosabati alohida mavzu bo‘lib, Liga ularning o‘z vazifasiga professional yondashishini bir necha yildan buyon kutib keladi.

Shundan kelib chiqib, "Navbahor U21" — "Dinamo U21" o‘yini uchun Liga o‘z rasmiylarini yubormaydi va mezbon klubga texnik mag‘lubiyat yozadi. Har ikki klub o‘zaro kelishgan holda o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Shuningdek, raqib jamoaning zaxira maydonlari talabga javob berganidan kelib chiqib, "Qizilqum" va "Xorazm" o‘rinbosarlari o‘z uchrashuvini raqib maydonida o‘tkazadi. Mazkur taklif rad etilsa, ularga ham texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:24, 27.02.2025.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.