Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federasiyasi rahbariga «Do‘stlik» ordenini topshirdi

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federasiyasi rahbariga «Do‘stlik» ordenini topshirdi

Baho:
+ | -

Shavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni “Katta dubulg‘a” xalqaro turniri doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federasiyasi rahbari Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston xalqaro federasiya faoliyatida faol ishtirok etmoqda. 2022 yilda mamlakatda kattalar o‘rtasida jahon chempionati, o‘tgan yili harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon birinchiligi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida ilk bor dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Federasiya rahbari Marius Vizer mamlakatda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va sportning barcha turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar, ayniqsa, qizlarni keng jalb etish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Uchrashuvda sportchilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlashda federasiyaning texnik ko‘magi va ekspert yordamini kengaytirish, iqtidorlarni saralashning samarali mexanizmini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mamlakat hududlarida dzyudo bo‘yicha xalqaro musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish taklifi bildirildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti milliy dzyudo maktabini rivojlantirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Xalqaro dzyudo federasiyasi rahbari Marius Vizerga davlatimizning yuksak mukofoti - “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

Los-Anjeles — 2028 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonni kuchli o‘ntalikka kiritish maqsad qilingan. Bu haqda 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:43, 27.02.2025.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.