Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Real»ning sobiq futbolchisi Drente: «Ronaldu tez orada 1000 ta gol uradi, Messi haqida bunday deyish mumkin emas»

«Real»ning sobiq futbolchisi Drente: «Ronaldu tez orada 1000 ta gol uradi, Messi haqida bunday deyish mumkin emas»

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Royston Drente dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb kimni hisoblashini aytib o‘tdi.  

«Men Messini juda hurmat qilaman: u futbol olami uchun nimalar qilganini hamma ko‘rdi va bu haqiqatdan ham hayratlanarli. Ammo raqamlar aldamaydi, Krishtianu [tez orada] 1000 ta gol uradi, Messi haqida esa bunday deyish mumkin emas.  

Agar bitta futbolchini tanlash kerak bo‘lsa... Gutini aytaman. Hozirgi kundagi eng sevimli futbolchim — Vinisius Junior. Uning tezligi juda hayratlanarli. Shuningdek, Rodrigoning o‘yini ham menga yoqadi. Men hali ham «Real» muxlisiman, xolbuki mening amakvachamlarim bunday emas. Lekin hayotimdagi eng muhimi klubi — «Feyenoord» — dedi Drente "The Wild Project" nashriga bergan intervyusida.  

Hozirda 40 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida 925 ta gol urgan. Leo Messining hisobida esa 852 ta gol mavjud.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:47, 28.02.2025.
O'qildi: 3395 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик