Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

UEFA «Bernabeu» yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

UEFA «Bernabeu» yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Baho:
+4 | -

UEFA juma kuni «Real Madrid»ga nisbatan Chempionlar ligasi pley-offining ikkinchi o‘yinida («Manchester Siti»ga qarshi) «Santyago Bernabeu»da sodir bo‘lgan hodisalar sabab sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.  

Sanksiya stadion tribunalarining qisman yopilishini o‘z ichiga oladi, ammo jazo ikki yilga to‘xtatib turiladi. Agar shu muddat ichida shunga o‘xshash holatlar takrorlanmasa, jazo kuchga kirmaydi. Agar qoidabuzarlik yana sodir bo‘lsa, «Bernabeu»ning bir qismi yopiladi. Bundan tashqari, UEFA apellyasiya organi «Real»ga 30 000 yevro jarima soldi.  

UEFA rasmiy bayonotida aynan qaysi hodisa jazoga sabab bo‘lgani aniq ko‘rsatilmagan. Faqatgina UEFA Dissiplinar kodeksining 14.2-moddasiga ishora qilingan. Unda shunday deyiladi:  

«Agar klub yoki sosyoslar (klubga maxsus a’zolikka ega bo‘lgan muxlislar yoki investorlar) guruhi 1-bandda ko‘rsatilgan harakatlarda ishtirok etsa, klub yoki guruh tribunaning qisman yopilishi bilan jazolanadi».  

Mazkur moddaning 1-bandida quyidagi holat bayon qilingan:  

«Agar kimdir boshqa shaxs yoki guruhning insoniy qadr-qimmatini haqorat qilsa, jumladan, teri rangi, irqi, dini, etnik kelib chiqishi, jinsi yoki jinsiy oriyentasiyasi bo‘yicha kamsitsa, u kamida 10 o‘yinga chetlatilishi yoki belgilangan muddatga jazolanishi mumkin».  

Uchrashuv davomida «Real» muxlislari tomonidan ommaviy haqoratlar qayd etilmagan, ammo Pep Gvardiolaga qarata ayrim hayqiriqlar eshitilgan. Ularda:  

«O, Gvardiola, sen juda ozg‘in ko‘rinayapsan. Avvaliga bu narkotiklar edi. Bugun esa Chuekada sen yana ozg‘in ko‘rinayapsan», — deb qo‘shiq aytilishgan.  

Shu bilan birga, UEFA aniq qaysi holat jazoga sabab bo‘lganini ochiqlamagan.  

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, UEFA «Real Madrid» stadionining kamida 500 o‘rinlik qismi yopilishini buyurgan. Bu cheklov klubning keyingi uy uchrashuviga taalluqli bo‘ladi. Ammo bu jazo ikki yillik sinov muddati davomida to‘xtatib turiladi. Agar shu davr mobaynida o‘xshash hodisa takrorlansa, jazo amalga oshiriladi.

Kiritildi: 11:30, 02.03.2025.
O'qildi: 6153 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик