Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Angliya kubogi. «Manchester Yunayted» penaltilar seriyasida «Fulxem»ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi

Angliya kubogi. «Manchester Yunayted» penaltilar seriyasida «Fulxem»ga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida "Manchester Yunayted" va Londonning "Fulxem" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu o‘yin Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tdi.

"Fulxem" jamoasi 45+1-daqiqada hisobni ochdi. Gol muallifi nigeriyalik himoyachi Kelvin Beyssi bo‘ldi, unga braziliyalik hujumchi Rodrigo Muniz assistentlik qildi. "Manchester Yunayted" 71-daqiqada javob golini urdi. Bu safar portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh hisobni tenglashtirdi, unga Diogu Dalo uzatma berdi.  

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida "Fulxem" futbolchilari 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.  

Angliya kubogida eng ko‘p chempionlikka erishgan jamoa Londonning "Arsenal" klubi bo‘lib, ushbu sovrinni 14 marta qo‘lga kiritgan.

Angliya kubogi. 1/8 final
"Manchester Yunayted" - "Fulxem" 1:1 (pen 3:4)
"Old Trafford" stadioni
Gollar: Bassi 45+1,   Brunu Fernandesh 71.
"Manchester Yunayted": Onana, Yoro (Lindelef, 53), Maguayr (Xeven, 90), de Ligt, Eriksen (Kazemiro, 68), Zirkze, Diogu Dalot, Brunu Fernandesh, Ugarte (Garnacho, 53), Mazraui, Xeylund (Obi-Martin, 68).
"Fulxem": Leno, Robinson, Bassi, Andersen, Kastan, Berge, Lukich (Rid, 101), Ivobi (Sessenyon, 107), Pereyra (Villian, 90), Traore (Smit-Rou, 53), Rodrigo Muniz (Ximenes, 90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 03.03.2025.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик